Xabaringiz bor, joriy yilning 26-may kuni Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha maxsus komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Shu munosabatda bugun, 13-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirokida “Konstitutsiya islohotlari – kelajak uchun ovoz ber” shiori ostida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Unda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi tomonidan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo’yicha tayyorlangan takliflar o’rganlib chiqildi hamda tayyorlangan takliflar yuzasidan qatnashchilar o’zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaning 29 yilligiga bag‘ishlangan nutqida davlat rahbari Bosh qomusga kiritilishi lozim bo‘lgan 9 ta yo‘nalishni belgilab bergan edi. Shuningdek, o‘zgartirishlarni Konstitutsiyaning 30 yilligi arafasida – 2022-yil 8-dekabrga qadar kiritishni taklif qilgan edi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-13 17:15:42 249