Bu yil respublikamizda 390 ming nafardan ziyod o‘quvchi yoshlar umumta’lim maktablarini bitirmoqda. Hech shubhasiz, o‘z bilim va iste’dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo‘lishdek oliyjanob maqsadlarga sarflashga chog‘lanib turgan tirishqoq va intiluvchan yoshlar – yurt ishonchi va tayanchi, Yangi O‘zbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Shu munosabat bilan, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rahbariyati vakillari, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov ham bulung’ur tumani umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan ochiq muloqot uchrashuvini o’tkazdilar.

Jarayon davomida rektor Ilhomjon To‘xtasinov tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, Double degree, ya’ni qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida ochilgan fakultetlar va xorijiy oliy ta’lim muassaslari bilan davom etayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari, shuningdek, 2022/2023 o‘quv yilida tashkil etiladigan yangi ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida axborot beriladi.

Jarayon so’ngida umumt’alim maktablari bitiruvchilari tomonidan savollar va takliflar berildi. Jumladan, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari mas’ullari tomonidan atroflicha javoblar va batafsil ko’rsatmalar berib o’tildi. Ochiq muloqot uchrashuvida faollik ko’rsatgan bitiruvchilar qimmatbaho kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-24 13:03:31 240