Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Ispaniya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabatda ispaniyalik ispan tili mutaxassisi Jaime Fernandez Samarqand davlat chet tillar institutiga ispan tili o’qituvchisi sifatida 2021-yilning 25-oktabr kuni taklif etildi. Jaime Fernandez institutda bugungi kunga qadar faoliyat olib borib, hozirda o'z faoliyatini samarali yakunladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda ispaniyalik mutaxassis Jaime Fernandez o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi va Ilhomjon To’xtasinov institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-06-28 19:26:13 265