Yurtimizda talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlari, yuksak qobiliyat sohiblari bo’lib yetishishlari hamda kelajakda o’z Vataniga munosib farzand bo’lishlari uchun davlatimiz, xususan, yurtboshimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan. Jumladan, avval xabar qilganimizdek, qator islohotlar, innovatsion loyihalarning amalga oshirishi bilan bir qatorda qurilish va qayta-ta’mirdan chiqarish ishlari ham olib borilmoqda.
Bugun, 30-iyun kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Samarqand davlat chet tillar institutida davom etayotgan qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlarining qay darajada olib borilayotganligi bilan yaqindan tanishdi. Bugungi kunda mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari deyarli yakunlangan 370 o’rinli va qurilishi yakunlangan 500 o’rinli talabalar turar joyi hamda qurilish ishlari davom atayotgan 1 500 o’rinli o’quv binolari shular jumlasidandir.








SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
