Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. AQSh oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda AQShning O’zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Samarkand – USA English Camp – 2022” nomli yozgi oromgoh tashkil etildi va bugungi kunda faoliyati davom etmoqda. Mazkur yozgi oromgoh doirasida bugun, 1-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat bo‘limi boshlig‘i Sarah Talalay tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Sarah Talalay xonim hamda institut rektori Ilhomjon To’xtasinovlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv jarayonida hozirda davom etayotgan “Samarkand–USA English Camp - 2022” yozgi lageri doirasida amalga oshiriladigan ishlar, keying o‘quv yilidan Samarqand davlat chet tillar institutiga AQShdan yana bir nafar qo‘shimcha ingliz tili mutaxassisini taklif etish kabilar muhokama qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-07-01 21:32:35 265