Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabatda navbatdagi o'quv yiliga tayyorgarlik ko’rish doirasida xorijlik mutaxassislar o’quv jarayoniga taklif etilmoqda. SamDChTI va Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti o'rtasidagi hamkorlik doirasida 2022-2023-o'quv yilidan bir nafar ko'ngilli koreys tili o'qituvchisi Park Inhee xonim institutga taklif etilmoqda.
Bugun, 4-iyul kuni KOICA tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamrohligida yangi volontyor SamDChTIga tashrif buyurdi. Volontyor ikki oylik moslashuv davridan so'ng institut talabalariga dars berishni boshlaydi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
