Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va xalqaro loyiha doirasida tanlab olingan 6 ta oliy ta’lim muassasalari vakillari, jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlari Jahon bankining “Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘zaro tajriba almashinish bo‘yicha Litva davlatining Vilnyus shahrida bo’lishdi.

Samarqand davlat chet tillar institutining Xalqaro reytinglar bo'yicha ishlash bo'limi boshlig’i Javohir Nasrullayev ham loyiha doirasida seminar-treninglarda ishtirok etdi hamda Litva oliy ta’lim tizimi va Ta’lim dasturlarini baholash markazi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qator samarali uchrashuvlar qatnashdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-07-05 18:24:07 145