Samarqand davlat chet tillar institutida AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan STEM (science, technical, engineering, mathematics) loyihasining yakuniy tanlov bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlov natijalariga ko’ra Samarqand shahridagi oliy o'quv yurtlarining matematika, fizika, biologiya, kimyo, qishloq xo'jaligi, axborot texnologiyalari, muhandislik fakultetlari talabalaridan 52 nafari saralab olindi va ular loyiha doirasida 2 yil davomida bepul ingliz tili kurslarida ishtirok etishadi. O’quv mashg’ulotlari institutning malakali professor-o’qituvchilari hamda Amerikalik mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
2018-11-30 11:35:00
89
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






