Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Germaniya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Xabaringiz bor, 2021-yilning oktabr oyida Germaniyalik professor janob Manfred Frühauf Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyat boshlagan edi. janob Manfred Frühauf institutdagi faoliyati davomida talabalarga nemis tilidan dars berdi. Xalqaro ilmiy konferensiya va seminarlarda ma'ruza qildi.

Bugun, 5-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda professor janob Manfred Frühauflar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi va Ilhomjon To’xtasinov institut jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2022-07-05 21:36:58 167