Samarqand davlat chet tillar instituti bazasida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda 2022-yilning 15-iyunidan 15-iyuligacha bo’gan muddatda “Samarkand–USA English Camp - 2022” nomli yozgi oromgoh tashkil etildi.

Ingliz tiliga ixtisoslashgan mazkur oromgohda ingliz tili mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida zamonaviy metodlardan foydalangan holda intensiv muhitda Ingliz tili va axborot texnologiyalari fanlari, sport, musiqa va raqs to'garaklari olib borildi. Shuningdek, oromgoh doirasida turli xil ko’ngilochar mashg’ulotlar, iste’dodlar shoulari, qo’vnoqlar va zukkolar, she’rxonlik va teatr tomoshalari kabi bir-birini to’ldiruvchi turli tadbirlar tashkil etildi.

Barcha ishtirokchilar yozgi oromgoh loyihasi doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyiga joylashtirilib, sanitariya va epdimologiya talablariga javob beradigan institut oshxonasida 4 mahal issiq ovqat bilan ta’minlandi.

Shuningdek, dam olish kunlarida oromgoh ishtirokchilari uchun Samarqand shahri va viloyatining diqqatga sazovor joylariga hamda tabiat qo’yniga sayohatlar tashkil etildi va 15-iyul kuni oromgoh o’z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-07-18 22:04:08 303