O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021-yilning 16-iyun kuni “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o‘qituvchilari xorijning nufuzli universitetlarga stajirovka o‘tash uchun yuborilib kelinmoqda.
Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida Buyuk Britaniyaning Aston universitetida ilmiy stajirovka o‘tash maqsadida institutning 4 nafar o‘qituvchisi xorij safariga yuborilgan edi. Bugun, 19-iyun kuni ular Buyuk Britaniyadan qaytishdi va institut rektori, professor Ilhomjon To‘xtasinov ular bilan uchrashdi. Uchrashuvda bir oylik muddatga institut tomonidan tashkil etilgan ilmiy stajirovkada institut o‘qituvchilari Aston universitetining yuqori malakali professorlari bilan ingliz tili o‘qitish metodikasi va sinxron tarjima yo‘nalishlarida tajriba orttirishganligi to‘g‘risida so‘z bordi.






SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
