Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Turkiya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabatda, Yevropa Ittifoqining "Erasmus+ ICM" yo'nalishi bo'yicha Turkiyaning Hajettepe universiteti (University of Hacettepe) bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida joriy yilning 17-22 iyul kunlari davomida ushbu universitetdan ikki nafar ingliz tili mutaxassisi Samarqand davlat chet tillar institutida institut o'qituvchilari uchun seminarlar tashkil etishadi.
Turkiyalik mutaxassis Hilal Onat “Leadership in ELT”, “21st Century survival Skills” mavzusida, shuningdek, mutaxassis Banu Usubütün “Testing: The Unavoidable” mavzusida seminarlarni olib borishadi. Bugungi bo'lib o'tgan tomonlar o'rtasidagi uchrashuvda amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzib olindi.






SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
