Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Ispaniya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabatda, Samarqand davlat chet tillar instituti delegatsiyasining Ispaniyaga xizmat safari davomida Alikante shahridagi Alikante universitetiga (University of Alicante) ham tashrif amalga oshirildi. Ushbu universitet bilan o'qituvchi va talabalar almashinuvi bo'yicha, jumladan, Erasmus+ dasturining KA171 yo'nalishi bo'yicha loyiha tayyorlashga kelishildi.





SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
