Xabaringiz bor, hozirgi vaqtda respublikamizning 46 ta oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish jarayonlariga start berildi. Shu bilan bir qatorda mazkur jarayon Samarqand davlat chet tillar institutida ham davom etmoqda.

Bugun, 2022/2023 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutiga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun majburiy fonlardan, ya’ni ona tili va adabiyot, matematika, tarix fanlaridan fanlaridan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Kuni kecha, 1-avgustda ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan kirish imtihonlari o’tkazilgan edi.

Jarayonni ota-onalar hamda xohlovchilar onlayn tarzda ular uchun tayyorlab qo‘yilgan hududda to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish imkoniyati ham yaratilgan bo’lib, test jarayonlarini mazkur havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Shuni ham alohida ta’kidlash lozim, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida 2 ta xonada to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish imkoniyatiga ega FullHD 4 ta uzluksiz ishlaydigan kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Jumladan, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari jarayonni muntazam nazorat qilishmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-08-02 14:05:36 201