Xabaringiz bor, hozirgi vaqtda respublikamizning 46 ta oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish jarayonlariga start berildi. Shu bilan bir qatorda mazkur jarayon Samarqand davlat chet tillar institutida ham davom etmoqda.
Joriy yilning 3-avgust kuni 2022/2023 oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutining 603201000: Jurnalistika: xalqaro jurnalistika ta’lim yoʻnalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazildi. Imtihon jarayonlari 2 bosqichda tashkil etilib, birinchi bosqich turli xil mavzularda insho yozish, ikkinchi bosqich esa og’zaki suhbat bo’ldi.
Xalqaro jurnalistika ta’lim yoʻnalishida 25 ta qabul o’rni bo’lib, 5 ta o’rin davlat granti, 20 ta o’rin to’lov kontrakti uchun ajratilgan. Jumladan, mazkur ta’lim yo’nalishiga jami bo’lib 58 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo’lib, ularning 44 nafari imtihonda qatnashish uchun to’lovlarni amalga oshirgan. Shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarida 34 nafar abituriyent ishtirok etib, 10 nafari imtihonda qatnashmadi, ya’ni kelmadi.
Jarayonni ota-onalar hamda xohlovchilar onlayn tarzda ular uchun tayyorlab qo‘yilgan hududda to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish imkoniyati ham yaratilgan bo’lib, test jarayonlarini mazkur havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozim, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida 2 ta xonada to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish imkoniyatiga ega FullHD 4 ta uzluksiz ishlaydigan kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Jumladan, korrupsion qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari jarayonni muntazam nazorat qilishdi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
