O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 5-martdagi 120-sonli buyrug‘i asosida institutda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i M.Sodiqov hamda bo’lim bosh mutaxassisi F.Abdurahmonovlar birgalikda institutning buxgalteriya va reja-moliya bo’limi xodimlari bilan davra suhbatini o’tkazishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov 2017-yil 3-yanvardagi 419-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6013-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi 81-son qarori to‘g‘risida buxgalteriya va reja-moliya bo‘limlari xodimlariga batafsil tushuntirish berib o‘tdi.
Shuningdek, korrupsiya illati davlatchilik shakllarining har qanday ko‘rinishida insoniyatning ma’naviy va moddiy taraqqiyotiga juda katta to‘siq bo‘lib kelayotganligi, ushbu illat ta’lim tizimida ham tez-tez uchrayotganligi ta’kidlandi. Jumladan, institut xodimlari o‘z vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, korrupsion hatti-harakatlarga toqatsiz bo‘lishi, davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib bo‘lishlari zarurligiga alohida urg‘u berdi.




SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
