Xabaringiz bor, 2021-yil 24-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha ikkita muhim qarorlari qabul qilindi. Ularning biri “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qarori bo’lsa, ikkinchisi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 60-sonli Qaroridir.
Yurtboshimizning “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli Qaroriga binoan mamlakatimizdagi 35 ta oliy ta’lim muassasasiga moliyaviy mustaqillik berildi. Ularning ichida Samarqand davlat chet tillar instituti ham bor. “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 60-sonli Qaroriga asosan esa 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan har bir davlat oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari tugatilishi hamda tarkibining kamida 70 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo‘lgan yuridik shaxs maqomisiz Kuzatuv kengashlari tashkil etildi.
Shu munosabatda bugun, 22-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari 4-son yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda kengashning barcha a’zolari ishtirok etishdi. Samarqand davlat chet tillar institutining moddiy-texnik bazani mustahkamlash va qurilish ishlarining borishi, shuningdek, institut oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati, jismonan va ma’nan eskirgan, institut foydalanishida bo‘lmagan asosiy vosita (stol, stul, doska, sport anjomlari va boshqa)larni hisobdan chiqarish va Narpay tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarning xatiga asosan asosiy vositalarni maktablar balansiga o‘tkazi, 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko’rish kabi masalalar yig’ilish kun tartibidan o’rin oldi.
Yig’ilish so’ngida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, yig’ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosining muntazam ta’minlanib borilishi yuzasidan rejalar belgilab olindi va bu borada mas’ullarga tushuncha va Yig’ilish so’ngida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, yig’ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosining muntazam ta’minlanib borilishi yuzasidan rejalar belgilab olindi va bu borada mas’ullarga tushuncha va ko’rsatmalar berildi.








SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
