Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor, bu, avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho’lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz yo’q.
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashabbusida yoshlarimizni, balki butun xalqimizning ma’naviyatini yanada oshirish, ma’rifatparvar jadidlarimizning ibratli hayotini targ‘ib qilish maqsadida, shuningdek, jadidlarning hayot faoliyati, ijodi, hikmatli so’zlari aks etgan “Jadidlar” to‘plami nashrdan chiqarildi.
Ushbu kitoblar bugun, 2022-yilning 6-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti kutubxonasiga O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyat kengashi hamda institut yoshlar yetakchisi tomonidan tuhfa qilindi. Institut rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov chuqur minnatdorchilik bildirgan holda qabul qilib oldi.







SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
