Joriy yilning 5-, 9-sentabr kunlari Turkiyaning Burdur shahrida joylashgan Mehmet Akif Ersoy Universitetida xalqaro Erasmus+ xodimlar haftaligi bo’lib o’tmoqda.

Ushbu tadbirda 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutidan Moliya va iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektor Kuziyev Zafar Boltayevich hamda Xalqaro reytinglar bo’yicha ishlash bo’limi boshlig’i Nasrullayev Javohirxon Ravshanxonovich qatnashmoqda. Haftalik doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati bo’yicha taqdimot o’tkazilib bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-09-07 17:34:59 270