Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Fransiya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

"El-yurt umidi" jamg'armasi "Campus France" agentligi hamda Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan stipendiyalar tanlovi g'olibi Samarqand davlat chet tillar instituti "Fransuz tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Mustofoqulov Farhod Xolmurod o'g'li 2022-2024-yillarda Fransiyaning Universite de'Angres universitetida  Turizm mutaxassisligi bo'yicha magistratura dasturida tahsil olish uchun yuborildi.

☎️ Murojaat uchun:
Telegram | @samdchtijamoasi

Share:
2022-09-07 17:49:54 247