Samarqand davlat chet tillar institutida xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga 2022/2023 o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz.

QABUL KVOTASI

Eslatma! O‘qish kunduzgi ta’lim shaklida to‘liq o‘zbek, ingliz va rus tillarida hamkor universitetlar va Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi.

 Bakalavriat yo‘nalishida 1-2 bosqichni tanlangan yo‘nalish bo‘yicha SamDCHTIda hamda 3-4 bosqichlar xorijiy hamkor OTMda davom ettiriladi. 1-2 bosqichda tahsil olish davomida talabalar 3-4 bosqichni hamkor xorijiy OTMda davom ettirishlari uchun Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi bo‘yicha TOPIK (koreys tilini bilish sertifikati)ni 3 darajada egallashlari kerak bo‘ladi, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili hamda Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha IELTS, TOEFL (ingliz tilini bilish sertifikati) 5-6 darajani olishlari talab etiladi.

Magistraturaning birinchi yilini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichni xorijiy hamkor OTMda  davom ettiradilar.

Bu hali hammasi emas! O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan bitiruvchilarga yurtimizda va xorijiy davlatda tan olinadigan 2 ta diplom beriladi. Hamkor oliy ta’lim muassasasi va Samarqand davlat chet tillar instituti diplomi.

Abituriyentlar hujjatlarni SamDCHTIning  https://anketa.samdchti.uz/ nomli havolasi orqali onlayn tarzda topshiradilar. Mazkur sahifada barcha ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar taqdim etilgan. 

Hujjatlar 2022-yilning 15-sentabr kunidan 25-sentabr kuniga  qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 93 3439393, +998 90 4452802

Hujjat topshirishdan oldin https://anketa.samdchti.uz/ sahifasida berilgan  onlayn hujjat topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing!

Share:
2022-09-15 17:27:52 5011