Konstitutsiyaning 26 yilligiga bag'ishlangan ''Zakovat'' intelektual o'yini 2018-yilning 6-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakultetida bo'lib o'tdi.
Bunda Inliz tili fakulteti, Roman-german tillari fakulteti, Tarjima nazariyasi va amaliyati fakulteti talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Sh.Suyunov, Adolat sotsial demakratik partiyasi vakillari, fakultet dekan o'rinbosarlari hamda institut talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ''Eng yaxshi maqola'', ''Eng yaxshi she'r'', ''Eng yaxshi rasm'' tanlovlari g'oliblari ham e'lon qilinib, ularga diplom va esdalik sovg'alar institut rahbariyati tomonidan taqdim etildi.
''Zakovat'' o'yinining birinchi o'rin sohiblari Roman-german tillari fakulteti jamoasi bo'ldilar.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch





