Xabaringiz bor, viloyatimizda 15-16 sentabr kunlari yuqori ahamiyatga molik bo’lgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti o’tkazilganligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonlari 26-sentabr kunidan boshlanishi belgilangan edi.

Jumladan, bugun, 26-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida ham o’quv jarayonlariga start berildi. Institut joriy yilda oliygohga qabul qilingan talabalarini oʼz bag'riga oldi.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov Madhiyamiz sadolari bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda talabalik baxtiga muyassar bo’lganlarni muborakbod etdi. Shuningdek, o’qishga eng yuqori ball bilan kirib, talabalik quvonchini his etishni boshlagan birinchi bosqich talabalarini esdalik sovg’alari bilan taqdirladi hamda kelgusidagi faoliyatiga omad yor bo’lishini tiladi.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-09-26 12:07:52 368