Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Britaniya Kengashi ham shular jumlasidandir.

Shu munosabat bilan tomonlar o’rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida Toshkentdagi Britaniya Kengashi direktori Denise Waddingham, Toshkentdagi Britaniya Kengashi direktori o’rinbosari Jamilya Gulyamova, O‘zbekistonda “Aptis” testlarini tashkil etish bo‘yicha rahbar Andrey Maksakov hamda menejer Victoria Clarklar Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Uchrashuv davomida kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar, hamkorlik aloqalari doirasini tizimli kengaytirish hamda Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib borayotgan xorijiy til o’qituvchilari uchun “Aptis” testlarini tashkil etish va o’qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha seminar-treninglar o’tkazish kabilar muhokama qilindi. Uchrashuvdan so’ng, mutaxassislar va institut o’qituvchilari o’rtasida seminar tashkil etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-10-03 20:52:00 259