2022-yilning 8-9 oktabr kunlari Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” xalqaro musobaqasi hamda O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik ko’rish jarayonlari bugungi kunda qizg’in davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand shahrida triatlon bo‘yicha “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” xalqaro musobaqasi hamda O‘zbekiston chempionatini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 34-son bayoniga asosan jarayon Samarqand shahrida joylashgan “Eshkak eshish kanali” hududida o‘tkazilishi belgilangan.
O‘tkaziladigan xalqaro musoboqa hamda O‘zbekiston chempionati davomida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan ko‘ngilli (volontyor) tarjimonlar sifatida jami 78 nafar talabalar jalb etilishi ko’zda tutilgan. Ularning 70 nafari ingliz tilida, 4 nafari rus tilida, 3 nafari xitoy tilida, 1 nafari yapon tilida tarjimon bo’lib faoliyat ko’rsatadi.
Joriy yilning 3-oktabr kunidan buyon Samarqand aeroporti orqali sportchilarni kutib olish va mehmonxonalarga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Bugun, 6-oktabr kuni “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” xalqaro musobaqasi hamda O‘zbekiston chempionatiga jalb etiladigan tarjimon volontyorlar uchun brifing o’tkazildi va barcha tushuncha va ko’rsatmalar berib o’tildi.





SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
