Xabaringiz bor kuni kecha, 6-oktabr kuni Toshkentdagi Vebster universiteti rektori Vassilis Polimenis ishtirokidagi delegatsiya a’zolari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurganligi va institut rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi rahbariyat vakillari tomonidan kutib olinganligi hamda tomonlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tganligi to’g’risida xabar qilgan edik.
Mehmonlar 1-kuni tomonlar o’rtasida kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar, hamkorlik aloqalari doirasini tizimli kengaytirish hamda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan MA TESOL dasturining 2022/2023 o‘quv yilida qabul jarayonlarini tashkil etish, shuningdek, o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko’rish kabilarni muhokama qilishdi.
Bugun, 7-oktabr kuni, ya’ni 2-kuni Samarqand davlat chet tillar instituti bosh binosida joylashgan faollar zalida Toshkentdagi Vebster universiteti rektori Vassilis Polimenis ishtirokidagi delegatsiya a’zolari bitiruvchi kurs talabalari uchun Vebster universitetining magistratura va bakalavriat dasturlari to‘g‘risida taqdimot o’tkazishdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar mas’ullardan batafsil javob olishdi.








SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
