Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya Respublikasining Sunchunyan universiteti ham shular jumlasidandir.

Bugun, 11-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreya Respublikasi Sunchunyan universitetining mas’ullari tashrif buyurishdi. Jumladan, tomonlar o’rtasida mavjud hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida uchrashuv tashkil etildi.

Jarayon doirasida hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalarning tajribasini oshirish, ularga sifatli ta’lim berish, hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim olayotgan talabalarni Koreyaga tahsil olish uchun yuborish hamda ularni turar joy bilan ta’minlash, shuningdek, kelgusida yangi ta’lim yo’nalishlarini joriy etish etish kabi masalalar muhokama qilindi. Jarayon so’ngida talabalar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan berilgan atroflicha javoblarga ega bo’lishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-10-11 19:27:29 446