Joriy yilning 13-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 2-sonli yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi;
– Institut professor-o‘qituvchilari ilmiy salohiyatini oshirish va yoshlarni ilmiy-tadqiqotga jalb qilish chora-tadbirlari;
– Bitiruv malakaviy ishi mavzulari, ilmiy rahbarlari va maslahatchilarini tasdiqlash;
– Institutda ta’limning kredit-modul tizimini joriy etilish holati va galdagi muhim vazifalar;
– Ta’limning kredit-modul tizimi bo‘yicha 1-kursda tahsil olgan va fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan talabalar uchun tashkil etilgan “Yozgi semestr” natijalari;
– Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish;
– Nemis tili va adabiyoti kafedrasi professori v.b. M. Begmatov, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori v. b. A. Turobov, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti v. b. Sh. Turniyazova, ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti v.b. N. Amriddinova, qo‘shma ta’lim dasturlari kafedrasi dotsenti v.b. L. O‘sarova, yaqin sharq tillari kafedrasi dotsenti v.b. D. Djurayevlarning hujjatlarini OAKga taqdim etish kabilar.
Shuningdek, institutning ilmiy daraja hamda ilmiy unvon olgan professor-o’qituvchilari diplom va kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.










SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
