Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.

Jumladan, Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi bilan mavjud hamkorlik doirasida fransuz tili mutaxassisi Magali Lamart-Chataignier xonim o’quv jarayoniga jalb etildi, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutining fransuz tili va adabiyoti kafedrasida ko'ngilli o'qituvchi sifatida bir yillik muddatga faoliyat olib boradi.

Bugun, 14-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda fransuz tili mutaxassisi Magali Lamart-Chataignier xonimlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv chog’ida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-10-14 19:40:31 277