21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan kunning ikkinchi qismida institutning Ingliz tili II fakultetida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirni institut rektori kirish so'zi bilan ochib berdi va professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlarni bayram munosabati bilan chin dildan qutladi.
Jarayon davomida senator, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev ham ishtirok etdi. Jumladan, har qanday davrda xalqning tili va adabiyoti uning madaniy saviyasini namoyon ettiruvchi vosita hisoblanishi, shuning uchun qadriyatlar beshigi bo‘lgan ona tilimiz o‘zining tarixiy vatani, azaliy qo‘rg‘onida qadr-qimmatga, e’tiborga sazovor bo‘lishi to'g'risida fikr bildirdi.










SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
