Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov va bosh mutaxassis F.Abdurahmonovlar tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetining professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, muhtaram Prezidentimizning 81-son Qarori, 5618- va 6013-son Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 829-son va 595-son Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 373-son va 443-son Buyruqlari to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, institutda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining maqsad va vazifalari, institutda korrupsion holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, institut rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar, kelgusi rejalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XV bobida keltirilgan korrupsiyaga oid 205-214 moddalari va ularga qo‘llanadigan sanksiyalar tanishtirilib, yana bir bor ishtirokchilar ogohlikka chaqirildi.
Institutining har bir professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘z funksional vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, korrupsion hatti-harakatlarga toqatsiz bo‘lishi, o‘qituvchi degan sharafli nomga munosib bo‘lishlari zarurligiga alohida urg‘u berildi.




O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
