O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida kitobxonlik tanlovlari o‘tkazilmoqda.

Viloyat miqiyosida bo‘lib o‘tgan mazkur tanlovda Samarqand viloyatidagi barcha oliy ta‘lim muassasalaridan eng yaxshi kitobxon talabalar  ishtirok etishdi.

Ushbu tanlovda faxrli birinchi o'rinni Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Malika G'ayratova, ikkinchi o'rinni Samarqand davlat universiteti talabasi Mashhura Kamolova, uchinchi o'rinni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi Laziza Umarovalar qo‘lga kiritishdi.

Share:
2022-10-29 08:31:14 1469