Hozirgi kunda ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalarga mos qulayliklarni yaratish borasida Samarqand davlat chet tillar institutida keng ko‘lamli qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari olib borilmoqda.

Bugun yangidan bunyod etilgan 3 qavatli Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi.  Mazkur binoning ochilish marosimida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Samarqand viloyati hokimi o’rinbosari Xurshid Ochilovlar ishtirok etishib, professor-o'qituvchilar va talabalarni samimiy qutladi.

Markaz barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan bo'lib, 130 o‘ringa moslashgan o‘quv xonalari, 70 o‘ringa moslashgan 4 ta kompyuter xonasi hamda 200 o‘rinli faollar zalidan iborat. Ahamiyatlisi, bir vaqtining o‘zida 500 nafar talaba markaz qulayliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot resurs markazi jami 25 500 nomda 288 000 nusxadagi ilmiy, o‘quv va xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan.

Share:
2022-10-29 08:40:24 164