Xabaringiz bor, 26/27 oktabr kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston-Rossiya uchinchi taʼlim forumi bo'lib o'tdi. Unda tomonlar o'rtasida 150 dan ortiq hamkorlik shartnomlari imzolandi. Forum yuqori saviyada o'tkazilib, Samarqand davlat chet tillar instituti ham o'zining munosib hissasini qo'shdi.
Jumladan, ta'lim forumi doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Rossiyaning Qalmiq davlat universiteti o'rtasida kelgusida hamkorlik aloqalarini davom ettirish, professor-o'qituvchilar va talabalarning tajribasini oshirish, birgalikda turli xil loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.




O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
