Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutida 130 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv xonalari, 70 o‘ringa moslashgan 4 ta kompyuter xonasi, 200 o‘rinli faollar zalidan iborat, shuningdek,  jami 25 500 nomda 288 000 nusxadagi ilmiy, o‘quv va xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi.

Bugun, 1-noyabr kuni ushbu markaz atrofiga Yurtboshimizning “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyati hokimi o’rinbosari Rustam Qobilov, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda institut jamoasi ishtirokida daraxt ko’chatlari ekildi.

Ma’lumot o’rnida aytish mumkin, joriy yilning yanvar-mart oylarida Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida o’quv binolari atroflariga, institut hududiga archa ko’chatlari, shuningdek, 1000 dan ortiq mevali va manzarali daraxtlar hamda 5000 mingdan ortiq har xil mavsumiy gullar ekilib, hududlar ko’kalamzorlashtirilgan.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-01 19:30:04 250