O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi №419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618 sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida Komplayens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2021-yil 26-avgustdagi 373-son va 2021-yil 22-oktabrdagi 443-son Buyruqlari yuzasidan Ingliz tili-I fakulteti tyutori N.Eshboyeva, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov, bosh mutaxassisi F.Abdurahmonovlar tomonidan institutning 2-kurs XTA yo‘nalishi talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5618, PF-6013 son Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 829-son va 595-son Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 373-son va 443-son Buyruqlari to‘g‘risida batafsil tushuntirib berildi.
Shuningdek, institutda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining maqsad va vazifalari, institutda korrupsion holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, institut rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar”ning XV bobida keltirilgan korrupsiyaga oid 205-214 moddalari va ularga qo‘llanadigan sanksiyalar tanishtirilib, yana bir bor ishtirokchilar ogohlikka chaqirildi.
Institut talabalarining ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi, korrupsion hatti-harakatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishlari zarurligiga alohida urg‘u berildi. Yig‘ilish oxirida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi hamda ular tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etmaslik alohida uqtirildi.

.jpg)

.jpg)

O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
