Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Pyatigorsk davlat universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi

Fan, ta'lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalarda  hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida joriy yilning 27-oktabr kunidan 1-noyabr kuniga qadar institut RTTM boshlig'i Zafar Ashurov va Ingliz tili-I fakulteti dekan o’rinbosari Bekzod Po'latovlar Rossiyaning Pyatigorsk shahridagi Pyatigorsk davlat universiteti hamda Xorijiy tillar va xalqaro turizm institutida bo'ldi.

Jarayon davomida tomonlar o'rtasida hamkorlik aloqalarini muntazam davom ettirish, kelgusida turli xil ta'limga oid loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Shuningdek, kompyuter lingvistikasi hamda xalqaro turizm taʼlim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha taklif va o’zaro tajriba almashinish, o’quv hamda ilmiy sohalarda hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga kelishildi.

Share:
2022-11-08 09:37:24 333