Joriy yil 14-16 noyabr kunlari O‘zbekistonda YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi (Global forum) bo'lib o'tadi.

O‘zbekiston hukumati, YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar tashkilotchiligida uyushtirilayotgan mazkur xalqaro konferensiyaning maqsadi barcha yoshdagi bolalarning sifatli tarbiya va taʼlim olishlari huquqini tasdiqlash, shuningdek, uni umrbod olinadigan taʼlim va rivojlanishning eng muhim asosi sifatida tan olish, aʼzo davlatlarning yosh bolalar bilan bog‘liq barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi taraqqiyotini baholash, ilg‘or tajriba va uni almashish, innovatsiyalar, yosh bolalarni tarbiyalash va o‘qitishga investitsiyalarni ko‘paytirishning ustuvor yo‘nalishlari va strategiyalarini aniqlashdan iboratdir.

Konferensiya yakunida 2030-yilgacha maktabgacha taʼlim sohasidagi xalqaro kun tartibini belgilab beradigan yakuniy hujjat – Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. Yakuniy hujjat konferensiya doirasida maslahat jarayonida tayyorlanadi, BMTning oltita rasmiy tiliga tarjima qilinadi va YUNESKOga aʼzo bo‘lgan barcha davlatlarning eʼtiboriga havola qilinadi.

Jarayonda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov ishtirokidagi institut mas'ullari ham ishtirok etishmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-15 18:39:51 224