Tashkil etilgan ochiq muloqotda ota-onalarga institut rahbarlari, institut ichki-tartib qoidalari, shuningdek, kredik-modul tizimi, hemis platformasi hamda nomdor stipendiyalar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Jumladan, rahbarlar tomonidan ota-onalarga farzandlariga befarq bo'lmasligi, darslarga o'z vaqtida kelishlari hamda darslarda faol ishtirok etishlari haqida ko'rsatmalar berildi. Uchrashuv davomida farzandlarining yil davomida o’quv jarayonidagi ishtiroki, fan olimpiadalari, xalqaro va respublika miqiyosida o’tkazilayotgan tanlovlarda erishgan yutuqlari, egallab borayotgan bilim va ko’nikmalari kabilar muhokama qilindi.
Muloqot so'ngida esa ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi va farzandlarining tyutorlari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lishlari kerakligi aytib o'tildi.








SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
