Buyuk donishmand, faylasuf, o’zbek tilining asoschisi Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, "Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilm-u donishning assosidir". 

Darhaqiqat, bilim manbai bo’lgan kitob doimiy ravishda hayotimiz yo’ldoshi bo’lib qolaveradi. Murakkab hayotiy yo’llarimizni shamchiroqdek porlatib turadi.

Shu munosabatda Ingliz tili-I fakulteti tyutori Zarina Egamberdiyeva tashabbusi bilan o’ziga biriktirilgan talabalar ishtirokida Aleksandr Sergeyevich Pushkin nomidagi kutubxonada bo’lishdi.

Jarayon davomida kutubxonada saqlanayotgan nodir adabiyotlar bilan tanishildi. Ahamiyatlisi, yuz yildan ortiqroq vaqt davomida barcha sohalarga oid saqlanib kelinayotgan adabiyotlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-15 19:47:01 184