Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar bilan ishlash, ularning holidan xabar olish va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 15-noyabr kuni  Sharq tillari fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor Sh.Abrayev ijarada hamda talabalar turar joyida turuvchi talabalar holidan xabar oldi.

Jarayon davomida talabarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi hamda talabalarga qishki mavsumga tayyorgarli ko'rish to’g’risida tushuncha va ko’rsatmalar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-15 19:56:29 213