Samarqand davlat chet tillar institutida besh muhim tashabbus doirasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Jumladan, bu borada Ingliz tili-I fakultetida xotin-qizlar bandligini ta’minlash yuzasidan “Mohir qo’llar” klubi tashkil etilgan.

Bugun, 16-noyabr kuni tyutor S.Sherboyeva tashabbusi bilan mazkur klub o’zining ilk “Zamonaviy va milliy hunarmandchilik na’munalari” nomli ko’rgazmasini o’tkazdi. Unda talaba-qizlar o’zlarining qo’l mehnatlari na’munalari bilan ishtirok etdilar. 

Bugungi kunda “Mohir qo’llar” klubi a’zolari o’z mahsulotlarining haridorlariga ega. Ular darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish bilan bir qatorda qo’shimcha daromad ham topmoqda. Ayni vaqtda “Mohir qo’llar” klubi a’zolari 100 nafardan oshgan.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-16 21:09:20 206