Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.
Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti va Xitoy xalqaro ta'lim fondi hamkorligi doirasida Shanxay xorijiy tillar universitetidan institutga bir nafar o'qituvchi hamda ikki nafar talabalar ko'ngilli o'qituvchilar sifatida o‘quv jarayoniga jalb etildi.
Jumladan, kelgusida hamkorlikda faoliyat davom ettirish yuzasidan institut rektori va ko‘ngilli o‘qituvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Ma‘lumot uchun, Samarqand davlat chet tillar institutida ko'ngilli o'qituvchilar ikki yil davomida xitoy tili va adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha saboq berishadi.







O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
