Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;

– Institutda fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning ahvoli va kafedralarda xo‘jalik shartnomalarini shakllantirish;

– Institutda 2022/2023 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi;

– Institutda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning ahvoli;

– Institutga biriktirilgan umumta’lim maktablari bilan hamkorlik tadbirlarining bajarilishi hamda institut akademik litseyi va texnikumi faoliyati to‘g‘risida;

– Institut tizimidagi beg‘araz yordam, texnik hamkorlik va grant mablag‘larini jalb qilish, ushbu toifadagi loyihalarni nazorat qilish va monitoringini olib borish kabilar.

Shuningdek, ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan professor-o’qituvchilar diplom hamda kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-25 19:31:50 326