Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya Respublikasining Sunchunyan universiteti ham shular jumlasidandir.
Shu munosabat bilan Yaponiyaning Tsukuba universiteti vakillari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Unda hamkorlik ishlarini kengaytirish, jumladan, talabalar va o'qituvchilar almashinuvi bo'yicha loyihalarni amalga oshirish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Rasmiy uchrashuvdan so'ng delegatsiya vakillari institutning Sharq tillari fakultetiga taklif etildi. Fakultetda yapon tili o'qituvchilari va talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.








SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
