Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. 

Samarqand davlat chet tillar institutida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda professor-o'qituvchilar, talabalari va qiziquvchilar ishtirok etishdi. Jarayon yurtimiz madhiyasini kuylash bilan boshlandi va institut rektori Ilhomjon To'xtasinov kirish so'zi bilan tadbirni ochib berdi.

Shuningdek, jarayon doirasida iqtidorli talabalar ijrosida Konstitutsiya hamda Vatanga bag'ishlab she'r va ajoyib qo‘shiqlar kuylandi. Turli xil sahna ko'rinishlari tomoshabinlarga namoyish etildi.

Albatta, bunday sa'y-harakatlar O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilibgina qolmay, ma'lum bir ma'noda ularning bilimlarini oshirib, fikrlash doirasiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tadbir so‘nggida esa o'z qobiliyati bilan faol ishtirok etgan talabalar munosib taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-07 14:49:44 186