Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.

Bugun, 9-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov institutda faoliyat boshlagan AQShlik yangi xorijlik mutaxassis janob Ralph Willard Schusler bilan uchrashdi. Ushbu mutaxassis institutning Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida talabalarga ingliz tilidan sabor bermoqda.

Rektor va mutaxassis o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda ingliz tilini o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinildi. Shuningdek, institutda amalga oshirilayotgan tarjima ishlarida xorijlik mutaxassis tahrirchi sifatida hamkorlikda ishlashga kelishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-09 18:28:32 133