Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.

Bugun, 12-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov institutda faoliyat boshlagan Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti tomonidan ko’ngilli o’qituvchi sifatida institutga jalb etilgan Cho Eunhye xonim bilan uchrashuv o’tkazdi.

Rektor va mutaxassis o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda talabalarni o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinildi. Shuningdek, institutda amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha mulohazalar olib borildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-12 18:03:44 128