Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022-yil 4-mart kuni oliy ta’lim muassasalari talabalarining ishlab daromad topishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalariga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti mutasaddilari bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Uchrashuvda institutda ta’lim olayotgan talabalarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni qo‘shimcha daromad  topishlari uchun tuman tashkilotlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalarga bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullanishi, turli xil fan olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rishlari, o’quv jarayonida muntazam ishtirok etishlari borasida mulohaza bildirilidi. So’ngra talabalar o’zlarining taklif va fikrlarini batafsil bayon etishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-15 17:05:51 185