Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Germaniya oliy ta’lim muassasalari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabat bilan Germaniyaning Berlin Ozod Universitetidan Sharqiy Yevro’pa bilan aloqalar bo’limi direktori janob Tobias Studemann ishtirokidagi delegatsiya a’zolari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi va tomonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda hamkorlik ishlarini kengaytirish, jumladan, talabalar va o'qituvchilar almashinuvi bo'yicha loyihalarni amalga oshirish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.  Rasmiy uchrashuvdan so'ng delegatsiya vakillari hamda institut o'qituvchilari va talabalar o’rtasida seminar-trening o’tkazildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2022-12-15 18:01:55 510